E'lon

“ILM SARCHASHMALARI” JURNALINING 2026-YIL 9-SONI NASHR QILINDI

“Ilm sarchashmalari” ilmiy-nazariy, metodik jurnalining 2026-yil 9-soni nashrdan chiqdi.

Mazkur sonda filologiya, pedagogika va falsafa yo‘nalishlariga oid dolzarb ilmiy tadqiqotlar, nazariy-tahliliy maqolalar hamda zamonaviy ilm-fan va ta’lim masalalariga bag‘ishlangan izlanishlar o‘rin olgan.

Jurnalning yangi soni bilan rasmiy veb-saytimiz orqali tanishishingiz mumkin. Unda chop etilgan maqolalar mualliflar va ilmiy jamoatchilik uchun bosqichma-bosqich taqdim etib boriladi.

Tahririyatimiz jurnal faoliyatiga bildirayotgan e’tiboringiz, ishonchingiz va doimiy hamkorligingiz uchun barcha mualliflarimizga samimiy minnatdorchilik bildiradi.

“Ilm sarchashmalari” – ilmiy izlanishlar va yangi tadqiqotlar sari!