“ILM SARCHASHMALARI” ILMIY-NAZARIY, METODIK JURNALI MUALLIFLARIGA ESLATMA
“ILM SARCHASHMALARI” ILMIY-NAZARIY, METODIK JURNALI
MUALLIFLAR UCHUN MAQOLA TAYYORLASH TARTIBI
I. MAQOLAGA QO‘YILADIGAN TEXNIK VA RASMIY TALABLAR
1. “Ilm sarchashmalari” ilmiy-nazariy va metodik jurnaliga taqdim etiladigan maqolalar jahon ilmiy nashrlari andozalari hamda O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan PhD va DSc darajalari uchun qo‘yilgan ilmiy talablar asosida tayyorlanishi lozim.
2. Maqоla Times New Roman shriftida yozilishi lоzim. Shrift hajmi – 14, qatоr оralig‘i – 1,5, hоshiya chapda 3 sm., yuqоri va pastda 2,5 sm., o‘ngda 1,5 sm. bo‘lishi kеrak. Maqolalar hajmi 6 sahifadan kam bo‘lmasligi kerak.
3. O‘zbek tilidagi maqolalar faqat lotin yozuvida qabul qilinadi.
4. Maqоla 1 ta taqriz bilan (hujjatlar PDF shaklida) qabul qilinadi.
5. Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar plagiatga qarshi tekshiruvdan o‘tkaziladi.
6. Tahririyat maqolani qisqartirish va tahrir qilish huquqiga ega.
II. MAQOLA TARKIBIY ELEMENTLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
1. Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information)
Maqola muallifi(lar)i haqida quyidagi ma’lumotlar to‘liq va aniq ko‘rsatilishi lozim:
- muallif(lar)ning ism-familiyasi va otasining ismi to‘liq shaklda;
- ish joyi (tashkilot, muassasa nomi);
- lavozimi;
- ilmiy unvoni va ilmiy darajasi;
- elektron pochta manzili (e-mail);
- telefon raqami;
- maqolaga berilgan taqrizchi ism-familiyasi va daraja-unvoni.
Mazkur ma’lumotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida alohida-alohida taqdim etilishi shart.
2. Maqola mavzusi (Title)
Maqola mavzusi qisqa, lo‘nda va mazmunan aniq bo‘lishi lozim. Sarlavha tadqiqotning asosiy yo‘nalishini to‘liq ifoda etishi zarur.
Maqola mavzusi quyidagi tillarda beriladi:
- o‘zbek tili;
- rus tili;
- ingliz tili.
3. Maqola annotatsiyasi (Abstract)
Maqolaning qisqacha mazmuni 5 qatordan kam bo‘lmagan va 15 qatordan oshmagan hajmda taqdim etiladi.
Annotatsiyada quyidagilar aks etishi lozim:
- tadqiqot muammosi va uning dolzarbligi;
- qo‘llanilgan metodologik yondashuv;
- asosiy ilmiy natijalar;
- tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati;
- muallifning ilmiy hissasi.
Annotatsiya quyidagi tillarda alohida beriladi:
- o‘zbek tili;
- rus tili;
- ingliz tili.
4. Kalit so‘zlar (Key words)
Kalit so‘zlar maqola mazmuni va ilmiy yo‘nalishini qisqa va aniq ifodalashi lozim. Har bir kalit so‘z maqola matnida muhim tushunchalarni aks ettirishi va ilmiy matnda tez-tez uchrashi tavsiya etiladi.
Kalit so‘zlar quyidagi tillarda taqdim etiladi:
- o‘zbek tili;
- rus tili;
- ingliz tili;
MUHIM ESLATMA
Barcha tarkibiy elementlar (muallif ma’lumoti, sarlavha, annotatsiya va kalit so‘zlar) uch tilda (UZ–RU–EN) to‘liq va bir xil mazmunda berilishi majburiy hisoblanadi.
III. MAQOLANING TARKIBIY (IMRAD) TUZILMASIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
1. Kirish (Introduction)
• Mavzuning dolzarbligi asoslanadi.
• Ilmiy muammo aniq qo‘yiladi.
• Tadqiqot maqsadi va vazifalari belgilanadi.
• Obyekt va predmet ko‘rsatiladi.
• Ilmiy yangilik hamda nazariy-amaliy ahamiyat yoritiladi.
2. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)
• Asosiy ilmiy manbalar tahlil qilinadi.
• Turli yondashuvlar solishtiriladi.
• Kuchli va zaif jihatlar ko‘rsatiladi.
• Ilmiy “bo‘sh joy” (Research gap) aniqlanadi.
3. Tadqiqot metodologiyasi (Research methodology)
• Tadqiqot dizayni bayon etiladi.
• Metodlar ko‘rsatiladi.
• Tadqiqot materiali belgilanadi.
• Tahlil bosqichlari asoslanadi.
4. Tahlil va natijalar (Analysis and results)
• Empirik material asosida tahlil beriladi.
• Natijalar dalillar bilan asoslanadi.
• Jadval va misollar qo‘llaniladi.
• Ilmiy izoh beriladi.
5. Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
• Natijalar umumlashtiriladi.
• Asosiy xulosalar beriladi.
• Amaliy ahamiyat ko‘rsatiladi.
• Kelgusidagi tadqiqotlar uchun takliflar beriladi.
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References).
• Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi. Masalan:
– mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
– mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari.
• Maqola matnida foydalanilgan adabiyotlardan olingan materialga havola (snoska) [1; 25–26-b.] shaklida berilishi kerak.